Andijonda ayollarni ish bilan ta’minlashga 20 mln dollar ajratiladi

Jamiyat

image

Andijonda ayollarni ish bilan ta’minlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi. Bu haqda bugun, 24 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun alohida moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlar yaratiladi.

Andijonda ishlash istagi bo‘lgan 3 ming ayol bola parvarishi bilan band. Farzandlarini bog‘chaga joylashtirish ularning mehnat bozoriga qaytishiga sharoit yaratishi ta’kidlangan.

Viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetgan. Tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochishga tayyorligini bildirgan.

Mas’ullarga o‘n kun ichida ushbu bog‘chalar bo‘yicha tegishli bitimlarni rasmiylashtirish masalasini hal qilish topshirilgan.

Umuman, Andijonda ayollarni ish bilan ta’minlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing