O‘zbekistonda qizlar ko‘p pul topyaptimi yoki yigitlar?
Bu qiziq
−
10:42 1038 1 daqiqa
Qizlar yigitlarga qaraganda tezroq ishga joylashmoqda, biroq yigitlarning o‘rtacha ish haqi qizlarnikidan qariyb 2 million so‘m yuqori. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida tahlil qilgan.
BSI natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashgan.
Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha manzara boshqacha: yigitlarda bu ko‘rsatkich 6 million so‘m, qizlarda esa 3,9 million so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, mehnat bozorida yuqori natija ko‘rsatgan TOP-5 sohalar ham tahlil qilingan. Unga ko‘ra, qizlar:
- Transport xizmatlari;
- matematika va statistika;
- ta’lim;
- biznes va boshqaruv;
- gumanitar fanlar bo‘yicha yuqori natija qayd etgan.
Yigitlar esa:
- Biznes va boshqaruv;
- sog‘liqni saqlash;
- san’at;
- matematika va statistika;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ustunlikka erishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida 2025–2026-o‘quv yili davomida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 million nafarga yetib, talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini erkaklar tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi