WTA 2021 yilda eng ko‘p pul topgan tennischilarni e’lon qildi
Sport
−
25 noyabr 2021 3369 1 daqiqa
Butunjahon ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) 2021 yilgi mavsumda qo‘lga kiritilgan mukofot pullari bo‘yicha tennischilar reytingini e’lon qildi. Unda dunyoning birinchi raqamli raketkachisi avstraliyalik Eshli Barti yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi pog‘onadan chexiyalik Barbora Kreychikova joy olgan bo‘lsa, Belarus vakilasi Arina Sobolenko va chexiyalik karolina Plishkova kuchli to‘rtlikdan o‘rin oldi.
2021 yilda mukofot pullari bo‘yicha eng yaxshi 15 nafar ayol tennischi:
Eshli Barti (Avstraliya) – $ 3,9 mln
Barbora Kreychikova (Chexiya) – $ 3,6 mln
Arina Sobolenko (Belarus) – $ 2,9 mln
Karolina Plishkova (Chexiya) – $ 2,9 mln
Garbine Mugurusa (Ispaniya) – $ 2,8 mln
Emma Radukanu (Velikobritaniya) – $ 2,8 mln
Paula Badosa (Ispaniya) – $ 2,6 mln
Naomi Osaka (Yaponiya) – $ 2,3 mln
Elise Mertens (Belgiya) – $ 2,1 mln
Mariya Sakkari (Gretsiya) – $ 2 mln
Iga Svyontek (Polsha) – $ 1,9 mln
Anett Kontaveyt (Estoniya) – $ 1,9 mln
Leyla Fernandes (Kanada) – $ 1,7 mln
Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya) – $ 1,7 mln
Ons Jaber (Tunis) – $ 1,6 mln.
Eslatib o‘tamiz, yil davomida 31 nafar tennischi million dollardan ko‘proq mukofot puliga ega bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr