“Wonka” Amerikaning eng kassabop filmi bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 18 dekabr kuni “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlari sovrindori, amerikalik aktyor Timoti Shalame ishtirokidagi “Wonka" fantastik musiqiy kinokartinasi Amerikaning eng ko‘p daromad keltirgan filmi bo‘ldi. Bu haqda “Kinometro” nashri xabar berdi.

Filmning birinchi dam olish kunlaridagi foydasi 39 million dollarni tashkil etgan. Bu Shalamening 41 million dollar foyda keltirgan “Dune“ nomli kinokartinasidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichli ikkinchi filmidir.

Frensis Lourens rejissyorligidagi “Ochlik o‘yinlari: Qushlar va ilonlar balladasi” fantastik filmi esa 5,8 million dollar daromadi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Uchinchi o‘rinni esa 60,2 foiz ovoz bilan Xayao Miyadzakining “Bola va qush” multfilmi egalladi. U film ijodkorlariga umumiy hisobda 23,1 million dollar pul keltirgan.

Ma’lumot uchun, “Wonka” filmi “Villi Vonka va shokolad fabrikasi” filmining birinchi qismidir. Unda yosh Villi Vonkaning sarguzashtlari va uning ajoyib shokolad fabrikasi haqida hikoya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rejissyor Greta Gervigning “Barbie“ filmi premerasidan atigi 17 kun o‘tgach, 1 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ jamg‘arib, “tarixdagi eng tez shuncha mablag‘ jamg‘argan film” nomiga erishgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oskar Amerika Oltin globus Timoti Shalame Wonka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing