Wildberries omborlariga hujumda ikki qirg‘izistonlik jarohatlandi
Olam
−
21 iyul 2721 1 daqiqa
18 iyul kuni Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyadagi Wildberries omborlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida Qirg‘izistonning ikki fuqarosi jarohat oldi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 iyul holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasining ikki fuqarosi N.A. va J.A. turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Hozirda ular Elektrostal shahridagi shifoxonada bo‘lib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlar orasida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari borligi haqida rasman tasdiqlangan ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyul kuni ertalab Wildberries kompaniyasining Kotovsk (Tambov viloyati) va Elektrostal (Moskva viloyati) logistika majmualari Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga uchragani ma’lum bo‘ldi. Moskva viloyatida dronning qulashi tufayli Noginskdagi neft bazasi hududida ham yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda Kotovskda 7 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi. Moskva viloyatida 1 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi yaralandi. Tergov qo‘mitasi Kiyevning Kotovsk va Elektrostaldagi harakatlari munosabati bilan teraktlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust