WBC Gran-prisidan bokschilar qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Aprel oyida Saudiya arabistonida start oladigan WBC Gran-prisi g‘olibiga 100 ming dollar gonorar taqdim etiladi. Bu haqda Butunjahon boks kengashi (WBC) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu turnir 2025 yilning aprel oyida Saudiya Arabistonida boshlanadi. WBC Gran-pri turnirida 41 davlatdan 128 nafar bokschi ishtirok etadi. Olimpiya tizimida o‘tadigan musobaqada 4 ta vaznda janglar tashkil etiladi va ularning har birida 32 nafardan bokschi chempionlik uchun ringga ko‘tariladi. 

WBC Gran-prisi uchun belgilangan mukofot pullari:

1/16 final — g‘olibga 15 000, mag‘lubga 7 500 AQSH dollari;

1/8 final — g‘olibga 20 000, mag‘lubga 10 000 dollar;

1/4 final — g‘olibga 35 000, mag‘lubga 15 000 dollar;

1/2 final — g‘olibga 50 000, mag‘lubga 25 000 dollar;

Chempion — 100 000 dollar. 

Shu tariqa, har bir vazn chempionlari Gran-pridagi ishtiroklaridan jami 220 000 AQSH dollarigacha ishlab oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Gran-pri 5 ta bosqichdan iborat bo‘ladi. So‘nggi bosqich yil oxirida o‘tkaziladi. Turnirda ishtirok etish uchun chegaralar bor: bokschilarning yoshi 26 dan, profboksda o‘tkazgan janglari 16 tadan oshmasligi shart. 

Qayd etish joiz, O‘zbekiston sharafini 5 nafar bokschi - Abdumalik Xalokov, Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob QayumovWBC Gran-prisida himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

WBC Gran-prisi Saudiya arabistoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing