WBC Gran-prisida Abdumalik Xalokovning o‘rniga boshqa o‘zbek bokschisi ishtirok etadi
Sport
−
10 aprel 3914 1 daqiqa
17-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan WBC Gran-pri turnirida Abdumalik Xalokovning o‘rniga boshqa bir o‘zbekistonlik sportchi Ayubxon Baxtiyorov ishtirok etadi. Bu haqda Xalqaro boks kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, musobaqa oldidan jarohat olgan Abdumalik Xalokovning o‘rniga boshqa bir o‘zbek bokschisi Ayubxon Baxtiyorov ishtirok etadigan bo‘ldi. U qozog‘istonlik Aleksandr Kovriginga qarshi ringga chiqadi.

Shu tariqa, musobaqada umumiy hisobda 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi qatnashadi:
Mujibillo Tursunov;
Lazizbek Mullojonov;
Kamronbek Eshmatov;
Suhrob Qayumov;
Ayubxon Baxtiyorov.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr