Vuchich tarixga kirganini aytib, Serbiyada qaytadan Prezident bo‘lganini e’lon qildi
Olam
−
04 aprel 2022 6084 1 daqiqa
Aleksandr Vuchich Serbiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida birinchi turdayoq g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
“Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, men 59,8 foizdan 60,1 foizgacha ovoz to‘pladim. Men Serbiyada hech kim uddalamagan ishni qilishga muvaffaq bo‘ldim. Men ikki marta birinchi turda g‘alaba qozongan yagona odamman”, degan u Serbiya Progressiv partiyasi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Parlament saylovlari natijalarini sharhlar ekan, Vuchich Ukrainadagi mojaro ularga katta ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.
“Ukraina inqirozining saylov natijalariga ta’siri juda katta edi, hamma narsa keskin o‘ngga siljidi. Serbiya progressiv partiyasi mas’uliyatli munosabati tufayli kamroq ovoz bilan yakunlandi, chunki u xalq bilan o‘yin qilmadi. Biz hokimiyatni shakllantirishda buni inobatga olamiz va xalqimizning kayfiyatini mas’uliyatsizlik bilan suiiste’mol qilgan, lekin aslida hech qachon mamlakatga hech narsa olib kelmaganlarni chetlatamiz”, degan Vuchich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya progressiv partiyasi va ularning koalitsiyadagi hamkori Voyvodina vengerlari ittifoqi parlament ko‘pchiligini shakllantirish uchun yetarlicha ovoz yig‘moqda.
Live
Barchasi