Voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi turadigan yanada mustahkam qonun kerak – Tanzila Norboyeva

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 72 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 61 mingdan ko‘pi yoki qariyb 85 foizi oilada sodir etilgan. Bu haqda bugun, 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida aytib o‘tildi.

Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalasining bugun qanchalik dolzarb ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Shu kungacha O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha javobgarlikka tortuvchi alohida norma yo‘qligi urg‘ulandi.

Shuningdek, 2020 yilda 156 ta, 2021 yil 243 ta nomusga tegish jinoyati sodir qilingan. Xususan:

  • Toshkent shahri Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi;
  • Xorazmdagi bolalar uyi bilan bog‘liq holat;
  • poytaxtning Sergeli tumanida ona 3 nafar farzandi bilan birga yuqori qavatdan sakragani kabi hodisalarga alohida to‘xtaldi.

“Xulosa shuki, jamiyatimizda ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan hamda voyaga yetmagan farzandlarimizga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga qarshi turadigan yanada mustahkam va qat’iy qonunlarga ehtiyoj bor”, degan Senat raisi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Oliy Majlisi Senati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing