Voyaga yetmagan qizga shahvoniy SMS yozgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
04 mart
9315Yuqori Chirchiq tumanida 12 yoshli qizga SMS-xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan 59 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR'UZga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1 mart kuni X.Hotamov raisligidagi Toshkent viloyati jinoyat ishlari бŭйича Yuqori Chirchiq tuman sudida voyaga yetmagan qizning telefon raqamiga SMS yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qilgan.
Sud materialiga ko‘ra, 2024 yil 5 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor qo‘rg‘onida 12 yoshli qiz maktabdan chiqib ketayotib, manziliga yetib olish uchun mashina to‘xtatgan. Shu vaqtda avtomobil egasi bo‘lgan 1965 yilda tug‘ilgan A.N. qizni uyiga olib borib qo‘yish jarayonida uning telefon raqamini olgan. So‘ngra u qizga fevral oyining turli kunlarida sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlardan iborat SMS-xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan.
Qizning otasi bundan xabar topgach, ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan va holat yuzasidan A.N.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sudlanuvchi ushbu harakatlarni sodir etganini tan olib, yomon niyati bo‘lmaganini, qilmishidan pushaymon ekanini aytib, yengillik so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi o‘rtalarida Toshkentda yosh qizga shilqimlik qilgan taksichi qamalgan edi.
LiveBarchasi