Volgogradda qamoqxona xodimlarini garovga olgan mahbuslar yo‘q qilindi (video)
Olam
−
23 avgust
20007Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmatining Volgograd viloyatidagi 19-koloniyasida intizomiy komissiya yig‘ilishida qamoqxona xodimlarini garovga olgan 4 nafar mahkum maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Avvalroq hodisa joyida qurbonlar borligi, xususan, xodimlaridan biri halok bo‘lganini ma’lum bo‘lgandi. Bosqinchilar vertolyot va ikki million dollar talab qilgan. Agar bosqinchilar ta’qib qilinsa, garovga olinganlarni o‘ldirishga va’da bergan. Voqeadan xabar topgan maxsus kuchlar zudlik bilan koloniyaga yetib borgan va hujumni boshlagan.
“Rossiya gvardiyasining Volgograd viloyatidagi maxsus kuchlari snayperlari qamoqxona xodimlarini garovga olgan to‘rt nafar mahbusni zararsizlantirdi, garovga olinganlar ozod qilindi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, koloniyada 1230 nafar mahbus saqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 206-moddasi (garovga olish) 4-qismi hamda 321-moddasi (Jamiyatdan izolyatsiyani ta’minlovchi institutlar faoliyatidagi tartibsizlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan qamoqxonada xavfsizlik va koloniya rejimiga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi. Vaziyat haqida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volgograddagi koloniyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga olgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi