Koloniyada “narkobaron”ga yordam bergan mulozim 11 yilga qamaldi
3-sahifa
−
1618 3 daqiqa
Özbekistonda qamoqxonada jazo ötayotgan mahkumga narkobiznesni boşqariş uçun şaroit yaratib bergan jazoni ijro etiş koloniyasi boşliğining sobiq örinbosariga sud hukmi öqildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Hujjatda keltirilişiça, Q.M. 2024 yilning dekabr oyidan 13-son jazoni ijro etiş koloniyasida boşliqning tezkor-qidiruv işlari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan. U joriy yilning 10 mart kuni qölga olingan.
Q.M. koloniyada jazo ötayotgan O.M. bilan jinoiy guruh tarkibida hamkorlik qilgan. O.M. qamoqxonada bölişiga qaramay, giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanuvçi internet-narkodökonni boşqarişni davom ettirgan. Xususan, uning uçun koloniyaning reabilitatsiya markazida muassasa xodimlariga möljallangan alohida xona ajratilgan. U yerda videokuzatuv kameralari bölmagan. 2025 yil 26 yanvardan boşlab mahkum uşbu xonada yolğiz yaşagan va koloniya hududida erkin harakatlaniş imkoniga ega bölgan.
Şuningdek, O.M. ni reabilitatsiya markazida foydali mehnatga jalb qiliş haqida rasmiy buyruq çiqarilgan. Biroq amalda u heç qanday mehnat faoliyati bilan şuğullanmagan.
Şu bilan birga, Q.M. mahkumga yaşirin ravişda mobil telefon ham yetkazib bergan. Uşbu telefon orqali O.M.Telegram messenjeridagi “Druid” nomli internet-narkodökon faoliyatini boşqargan va ozodlikdagi şeriklari harakatlarini muvofiqlaştirib turgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida narkoguruh faoliyatiga aloqador şaxslar qölga olingan.
Joriy yilning 17 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sud hukmi bilan O.M. 14 yil 1 oy muddtaga ozodlikdan mahrum etilgan. Şuningdek, u öta xavfli retsidivist deb topilgan va jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaşi belgilangan.
Bundan taşqari, jinoiy guruhning boşqa a’zolariga ham hukm öqilgan. Jumladan, erkak sudlanuvçilarga 9 yil 11 oy 27 kundan 14 yilgaça, ikki nafar ayolga esa 7 yil va 8 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlangan. Ular jazoni ötaş joylarida giyohvandlikdan majburiy davolanişi zarur.
Şuningdek, sudda Q.M. öziga qöyilgan ayblovlarni tan olmagan. Uning aytişiça, reabilitatsiya markazining alohida rahbariyati bölgan va mahkumlarni uşbu markazga joylaştiriş uning vakolatiga kirmagan. O.M. koloniya boşliğining buyruği bilan xöjalik mudiri lavozimiga tayinlangan va Q.M. işga joylaştirişda şaxsan iştirok etmagan. Şuningdek, u mahkumning alohida xonada yaşaşi masalasini hal qilmaganini va uning mobil telefoni borligidan faqat tezkor tadbir ötkazilgan kuni xabar topganini aytgan. Biroq sud Q.M. ning jinoiy faoliyatga aloqadorligini iş materiallaridagi dalillar bilan isbotlangan deb topgan.
Sud Q.M. ni telefon kiritib beriş evaziga 3400 AQŞ dollari pora oliş ayblovi (Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi) böyiça dalillar yetarli emasligi sababli oqlagan. Biroq u Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi “b” bandi va 273-moddasi (köp miqdorda giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga 3 yil muddatga Içki işlar vazirligi tizimida işlaş huquqidan mahrum etilgan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Live
Barçasi