Voleybol: O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Sport

image

Tarixda ilk bor O‘zbekiston voleybol bo‘yicha Jahon chempionati bahslarini o‘zida qabul qiladi. Bu haqda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 2025 yil 19 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi Jahon chempionati poytaxt Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

O‘zbekistondan tashqari yana 23 ta terma jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston oxirgi marta 2023 yilda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgandi. Qit’a birinchiligida mezbonlar kumush medallarga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi oxirida Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati voleybol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made