Vladimir Zelenskiy aviahalokatda omon qolgan kursant bilan uchrashdi

Olam

image

Kecha, 25 sentbr kuni Ukrainaning Chuguyev shahri yaqinida halokatga uchragan An-26 samolyotida bo‘lgan va omon qolgan Xarkov milliy universitetining havo kuchlari fakulteti kursanti 20 yoshli Vyacheslav Zolochevskiy foija qanday yuz berganini aytib berdi.

Ta’kidlanishicha, 26 sentyabr kuni havo kemasi halokatidan omon qolgan kursant Shimoliy mintaqaning harbiy-tibbiy klinik markazida Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy bilan suhbatlashgan.

Vyacheslavning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda deb baholanyapti. U nimalar bo‘layotgnini tushunmaganini, hammasi juda tez sodir bo‘lganini aytgan.

U shuningdek, harbiy samolyot ekipaji va undagi kursantlari tanish bo‘lganini, ular avval ham birgalikda parvoz qilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 sentyabr kuni Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyeva shahrida An-26 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Oqibatda 26 kishi qurbon bo‘ldi. Mamlakat rahbari Vladimir Zelenskiy 26 sentyabrni “Motam kuni” deb e’lon qildi

Ukraina Davlat tergov byurosi foijaning to‘rtta ehtimoliy sababini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

aviahalokat

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made