Vladimir Norov AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Jonatan Devid Xennikni qabul qildi.

Uchrashuv elchi tomonidan vazirga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. O‘z navbatida, Vladimir Norov elchini lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, ikki tomonlama darajada va "C5+1" shaklida bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Savdo-investitsiya aloqalarini rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Amerika kapitali va texnologiyalarini jalb qilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, energetika, AKT jabhalarida qo‘shma korxonalar tashkil etish, moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha ham fikr almashdilar. Ushbu mamlakatga xalqaro yordamni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Ma’lumot uchun, Jonatan Devid Xennik vakolat muddati yakunlangan Deniyel Rozenblyum o‘rniga AQSHning O‘zbekistondagi elchisi etib tayingandi. AQSH Senati joriy yilning 28 iyul kuni uning nomzodini tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh elchi Jonatan Devid Xennik

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing