Jonatan Xenik AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tasdiqlandi
Olam
−
28 iyul 2022 7567 1 daqiqa
AQSH Senati mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga Jonatan Xenik nomzodini ma’qulladi. U amaldagi elchi Deniyel Rozenblyumning o‘rnini egallaydi.
Xenik yaqingacha Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh diplomat vazifasini bajargan. U, shuningdek, xalq diplomatiyasi yo‘nalishida uzoq yillar xizmat qilgan, bu boradagi dasturlarga bosh-qosh bo‘lgan. Xenik Turkiya, Ozarbayjon, Portugaliya va O‘zbekistonda ham turli lavozimda faoliyat yuritgan.
Ayni damda Xenik AQSH Mudofaa universitetining Kiber xavfsizlik va axborot kollejida Davlat departamentining mas’ulidir. U Global o‘zaro aloqa markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan va Rossiya, Xitoy va Eronning dezinformatsiyalariga qarshilik ko‘rsatishni muvofiqlashtirgan.
Ma’umot uchun, amaldagi Amerika elchsi Deniyel Rozenblyum faoliyatini Qozog‘istonda davom ettiradi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust