Jonatan Xenik AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tasdiqlandi
Olam
−
28 iyul 2022
6590AQSH Senati mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga Jonatan Xenik nomzodini ma’qulladi. U amaldagi elchi Deniyel Rozenblyumning o‘rnini egallaydi.
Xenik yaqingacha Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh diplomat vazifasini bajargan. U, shuningdek, xalq diplomatiyasi yo‘nalishida uzoq yillar xizmat qilgan, bu boradagi dasturlarga bosh-qosh bo‘lgan. Xenik Turkiya, Ozarbayjon, Portugaliya va O‘zbekistonda ham turli lavozimda faoliyat yuritgan.
Ayni damda Xenik AQSH Mudofaa universitetining Kiber xavfsizlik va axborot kollejida Davlat departamentining mas’ulidir. U Global o‘zaro aloqa markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan va Rossiya, Xitoy va Eronning dezinformatsiyalariga qarshilik ko‘rsatishni muvofiqlashtirgan.
Ma’umot uchun, amaldagi Amerika elchsi Deniyel Rozenblyum faoliyatini Qozog‘istonda davom ettiradi.
LiveBarchasi