Zelenskiy Markaziy Osiyodagi ikki elchini ishdan haydadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Valeriy Jovtenkoni Ukrainaning Qirg‘iziston Respublikasidagi va Valeriy Yevdokimovni Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etdi. Ukraina Prezidenti tegishli farmonni kecha, 3 avgust kuni imzoladi.

Kadrlar almashinuvidagi asosiy qarorlaridan biri Ukrainaning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilotidagi (UNESCO) vakilligining o‘zgarishi bo‘ldi. Prezident Vadim Omelchenkoni UNESCO huzuridagi doimiy vakil lavozimidan ozod etgan. Avvalroq, u ushbu vazifani Ukrainaning Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimi bilan birgalikda olib borayotgan edi. 

Bo‘shab qolgan lavozimga Viktoriya Lyalina-Boyko tayinlangan. Doimiy vakil maqomiga o‘tgunga qadar u Ukraina Tashqi ishlar vazirligining Jamoatchilik diplomatiyasi va strategik kommunikatsiyalar departamentini boshqargan. 

Jiddiy o‘zgarishlar Yevropa va Shimoliy Afrikadagi diplomatik missiyalarga ham daxldor bo‘lgan. Ukrainaning Avstriyadagi elchisi Vasiliy Ximinets lavozimidan ozod etilgan. Afrika mintaqasida kadrlar tozalanishi Tunisdagi elchi va (o‘rindoshlik asosida) Liviyadagi elchi lavozimlarini tark etgan Vladimir Xomanetsga ham daxl qilgan.

Ishdan olingan diplomatlar ro‘yxatiga Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi vakillar ham kirgan. Prezident quyidagilarni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzolagan:

  • Valeriy Yevdokimov – Ukrainaning Tojikistondagi elchisi;
  • Valeriy Jovtenko – Ukrainaning Qirg‘izistondagi elchisi;
  • Yekaterina Zelenko – Singapur va Bruney-Dorussalamdagi elchi.

Hozirgi vaqtda Avstriya, Tunis, Liviya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Singapur va Bruneydagi diplomatik missiyalarning yangi rahbarlari tayinlangani haqida ma’lumotlar yo‘q. Rasmiy manbalar hozircha bunchalik keng ko‘lamli kadrlar almashinuvi sabablariga izoh bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustam Umarovni Tashqi razvedka xizmati rahbari etib tayinlashi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing