Germaniya ham O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Germaniyani Yevropadagi ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlarimizdan biri sifatida yuksak qadrlaymiz. So‘nggi yillarda oliy darajadagi tashriflar hamda muntazam siyosiy muloqotlar tufayli O‘zbekiston – Germaniya munosabatlari izchil rivojlanib bormoqda”, deydi vazir.

Uning bildirishicha, uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligini ta’kidlangan.

“Elchi janoblariga O‘zbekistondagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov Shveysariya Konfederatsiyasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Simon Gigerning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing