“Vijdonsizlarning hokimiyatga kelishiga xalq aybdor”. Tashiyev parlamentda “tozalash” boshlanganini aytdi

Olam

image

Vijdonsiz nomzodlarning Jogorku Keneshga kirib kelishiga saylovchilarning o‘zlari aybdor. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Jalolobod viloyat hokimligida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Biz, saylovchilar vijdonsiz nomzodlarni saylaganimiz uchun o‘zimiz aybdormiz. Shuni esda tutishingizni so‘rayman: agar sizlardan kimdir saylovchilarni aldashga yoki pora berishga harakat qilsa, biz qonuniy chora ko‘ramiz. Xoh parlament bo‘lsin, xoh davlat xizmati bo‘lsin, u yerda munosib odamlar ishlashi kerak. Agar mansabdorlardan biri saylov jarayoniga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lsa, biz ularni javobgarlikka tortamiz”, degan Tashiyev.

Tashiyevning qo‘shimcha qilishicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi korrupsiyaga qarshi kurashni davom ettiradi va parlamentda tozalash ishlarini olib boradi.

"Parlamentga insofsizlar kirib keldi. Hozir tozalash ketyapti. Bu kelajakda ham davom etadi. Nomzodlar pul, tanish-bilish yoki yuqori martabali qarindoshlari yordamida kursini egallashiga umid bog‘lamasligi kerak. Bugun xalqqa, vatanga xizmat qilishga tayyor odamlar hokimiyatga kelishi kerak. Parlamentda korrupsionerlar va ularning hamtovoqlari bo‘lmasligi kerak. Jogorku Keneshni ulardan tozalayapmiz. Natijalarini shu orada sezasiz.So‘nggi paytlarda 5-6 nafar deputat ketdi: ko‘pchiligi o‘z xohishi bilan chiqib ketdi. Biz ularga xatolarini ko‘rsatdik. Mansabga yopishib olganlarni qonun doirasida javobgarlikka tortamiz”, degan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Milliy xavfsizlik Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing