Vizasiz sayohat uchun pasportlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekistonda pasayish

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“The Henley Passport Index” vizasiz sayohat uchun eng yaxshi va eng yomon pasportlar reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston pasporti o‘tgan chorakdagi ko‘rsatkichga nisbatan 6 pog‘ona pastlagan.

Shveysariyaning “The Henley Passport Index” konsalting kompaniyasi 116 ta davlat pasportlarini solishtirib chiqdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 91-o‘rinni egallab, Kot-d’Ivuar davlati bilan bir o‘rinni band qilib turibdi. 

Hozirda O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz yoki yetib borgach viza olish orqali sayohat qilishi mumkin. 

Reytingda birinchi o‘rinni Yaponiya egallagan. Ushbu mamlakat fuqarolari 193 ta davlatga vizasiz sayohat qila oladi.

Eng yaxshi uchtalikka Singapur (192 davlat) va Germaniya (191 davlat) ham kiritilgan.

MDH davlatlari, hususan, Rossiya 51-o‘rin (119 davlat), Belarus 73-o‘rin (77 davlat), Qozog‘iston 74-o‘rin (75 davlat), Tojikiston 90-o‘rin (58) va Turkmaniston 95-o‘rin (53 davlat).

Eng so‘nggi o‘rinlarni esa Suriya (29 davlat), Iroq (28 davlat) va Afg‘oniston (26 davlat) egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

viza pasport

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing