Vinisiusga “Oltin to‘p” “Borussiya”ga qarshi o‘yini uchun berilmaydi – Anchelotti

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) doirasida “Borussiya Dortmund” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (5:2) hujumchi Vinisiusning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik ushbu o‘yinda jamoasining 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan qutulishiga yordam berib, xet-trik qayd etdi.

“Aytishim mumkinki, futbolchi ikkinchi bo‘limni ajoyib tarzda o‘tkazdi. U g‘ayrioddiy kuch va xarakterga ega. Birinchi bo‘limni shiddat bilan boshladik, jamoa tartibli o‘ynadi, ammo kichik xatolarga yo‘l qo‘ydik.  O‘ylaymanki, Vinisius “Oltin to‘p”ni oxirgi o‘yini uchun emas, balki o‘tgan yili qilgan ishlari va Yevropa Chempionlar ligasida yutishimizga yordam bergani uchun oladi. Bu uchta gol esa unga kelasi yil “Oltin to‘p”ni yutishda yordam beradi”, deydi Anchelotti.

Qayd etish joiz, Real YeCHL 3-turda o‘z uyida Germaniyaning “Borussiya” klubiga 2 ta to‘p farqi bilan yutqazib turib, yakunda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqa turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius 29 oktyabrga o‘tar kechasi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi aniqligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing