Vinisius “Real” tarixiga kirdi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi vingeri Vinisius Junior klub safida o‘zining 100-golini urdi. YeCHL doirasida u “Zalsburg” darvozasiga 2 bor gol kiritdi. 

23 yanvarga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi 7-turi doirasida “Real Madrid” o‘z uyida “Zalsburg”ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Vinisius Junior o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirdi. Braziliyalikning ikkinchi goli muhim voqea bo‘ldi. 

U klub safida umumiy o‘zining 100-golini kiritdi. Bu natija uchun Vinisiuch 291 ta o‘yinda maydonga tushdi. 25 yoshli futbolchi “qirollik klubi” tarixida 100 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan 23-futbolchiga aylandi. Shundan 13 nafari ispaniyalik, qolgan 10 tasi xorijlik futbolchi sanaladi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Vinisius YeCHLning hafta futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar qatorida qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Real Madrid Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing