Viloyatliklarni haqoratlagan yana bir qiz qamaldi (video)
3-sahifa
−
23 iyul
23904Toshkent viloyatida viloyatliklarni haqorat qilgan qiz 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi, 2004 yilda tug‘ilgan R.S. joriy yilning 20 iyul kuni soat 12:00 larda Instagram’dagi sahifasida jonli efir vaqtida behayo so‘zlar bilan O‘zbekistonning viloyatlarida yashovchi aholisining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan. Uning bu harakatlari ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan.
Jumladan, fuqaro Z.Q. 2024 yilning 21 iyul kuni Chirchiq shahar IIBga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan. Murojaat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan Chirchiq shahar IIB XPG profilaktika inspektori holatga aniqlik kiritish maqsadida S.R.ning uyiga borgan. Shunda u ko‘p qavatli uyning yo‘lak qismida hamda uy atrofida baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.
Sud tomonidan R.S. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi undirilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatliklarni haqorat qilgan A.S.ga sud 2-guruh nogironi ekanini hisobga olgan holda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 6.800.000 so‘m jarima belgilagandi.
LiveBarchasi