Viloyat hokimlariga yangi o‘rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etildi
Jamiyat
−
22 iyun 2020
10484To‘rt viloyatda turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qaror bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:
Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi o‘rniga tegishlicha turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari.
Avvalroq, qarorga muvofiq, turistlar uchun “Uzbekistan. Safe travel Guaranteed” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edik.
Bundan tashqari,”Andijon” xalqaro aeroportiga “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi berildi.