O‘zbekistonda koronavirusga chalingan xorijliklarga 3 000 dollar to‘lanadi

Jamiyat

image
Andijon xalqaro aeroportiga yangi nom berildi north_east

Andijon xalqaro aeroportiga yangi nom berildi

O‘zbekistonga kelib, bu yerda koronavirusga chalingan xorijiy fuqarolarga 3 000 AQSH dollari miqdorida kompensatsiya to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Hujjatga muvofiq “Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (O‘zbekiston. Xavfsiz turizm kafolatlangan) sanitar-epidemiologik tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu xorijiy sayyohlar uchun o‘ziga xos “xavfszlik yostig‘i” vazifasini o‘taydi.

Bu tizim doirasida Xavfsiz turizm jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu jamg‘arma byudjeti Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan ajratiladigan 20 mlrd so‘m va sertifikatlashdan tushgan to‘lovlar hisobiga shakllantiriladi.

Bundan tashqari, “Uzbekistan. Safe travel guaranteed” tizimi doirasida sayyohlar borishi mumkin bo‘lgan joylar ro‘yxati shakllantiriladi. Sayohat shu hududlar doirasida amalga oshiriladi.

“O‘zbekiston hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3000 dollari miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi”, deyilgan “O‘zbekiston 24” telekanali efirida.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyundan o‘zbekistonliklarga sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan davlatlarga ishlash va o‘qish uchun xorijga ketishiga ruxsat berildi. Shuningdek, xorijliklarning O‘zbekistonga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

turizm Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing