Andijon xalqaro aeroportiga yangi nom berildi

Jamiyat

image

Andijon xalqaro aeroportiga “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi berildi. Aeroport O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qayta nomlandi.

Ma’lumot uchun, Andijon aeroporti 1954 yilda havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari samolyotlarini qabul qilish uchun qurilgan. 

1992 yilda aerodrom O‘zbekistonning yurisdiksiyasiga o‘tdi va fuqarolik maqsadlarida foydalanila boshlangan. 2015 yilda unga xalqaro aeroport maqomi berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 avgustidan boshlab Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganch, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” huquqini qo‘llagan “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon aeroporti

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar