Viloyat hokimlariga atrof-muhitni o‘rganish universiteti texnikumini ochish topshirildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 oktyabr kuni o‘z raisligidagi "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davomida viloyat hokimlariga har bir viloyatda 1 tadan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti texnikumini tashkil qilishni topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan tanishdi. Unda ekologiya, barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanadi.

“Bu bilan ekologiya tizimiga ham zamonaviy kadrlar tayyorlaydigan mustahkam zamin yaratildi”, deyiladi xabarda.

Viloyat hokimlariga har bir viloyatda 1 tadan ushbu universitet texnikumini tashkil qilish topshirildi. Texnikum atrofida ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun dendrologiya bog‘i ham tashkil qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan universitetda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, urug‘chilik, ko‘chatchilik, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qisqa kurslar tashkil qilib, har yili 1 ming nafar xodimning malakasini oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishish davomida zavodlar mamlakatning hayot-mamotini hal qiladigan masalalardan biri ekanini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev texnikum atrof-muhit "Yashil makon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing