Viktor Orban Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Uni aeroportda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrifini an’anaga ko‘ra, Mustaqillik maydonidan boshladi. Bosh vazir rafiqasi bilan birga Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Mehmonlarga Mustaqillik maydonning mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.

Shundan so‘ng Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Vengriya Viktor Orban

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing