Vidodo Putin bilan uchrashuvdan avval Zelenskiyning holidan xabar olgani bordi

Olam

image

Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bugun, 29 iyun kuni Kiyevga keldi va u yerda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. 

“Prezident Vidodo va uning rafiqasi Polshadan Kiyevga maxsus poyezdda yetib keldi”, deyiladi Indoneziya rahbari ma’muriyati bayonotida.  

Qayd etilishichav, davlat rahbari tushdan keyin Zelenskiy bilan uchrashadi. Bundan tashqari, u rafiqasi bilan birga Irpen shahriga, shuningdek, bir qator tibbiyot muassasalariga tashrif buyuradi. 

Prezident Индонезии прибыл в Киев: Ukraina: Бывший СССР: Lenta.ru

Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy hujumi boshlangan fevral oyidan beri Kiyevga tashrif buyurgan birinchi Osiyo yetakchisiga aylangan Vidodo “Ukrainaga insonparvarlik yukini yetkazdi”, deydi Prezident ma’muriyati. 

Kutilganidek, bu yil G20 raisi bo‘lgan Indoneziya Prezidenti Kiyevda tinchlik muzokaralarini qayta boshlash imkoniyatlarini, shuningdek, Ukraina donini eksport qilish yo‘laklarini ochish istiqbollarini muhokama qiladi. 

O‘zining xorijiy safari doirasida Vidodo Moskvaga ham tashrif buyuradi va u yerda 30 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Joko Vidodo Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing