Stikerlar bekor qilinadi. Avtomobildan foydalanish erkin bo‘ladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani va unda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarga yana bir bor alohida to‘xtalib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonda karantin qoidalari yumshatiladi. Xususan quyidagilarga ruxsat beriladi:

•    O‘tgan ikki hafta mobaynida respublika hududlarida 59 mingta ishlab chiqarish korxonalari qaytadan ishga tushirildi.
•    Toshkent shahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 857 ta korxona o‘z faoliyatini tikladi.
•    Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati bo‘yicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, ish boshlashi uchun ruxsat beriladi.
•    Stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi. 
•    Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklanadi.

"Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak bo‘lmaydi. Chunki bu tartib iqtisodiyotimiz rivojiga va aholimiz hayotiga juda katta salbiy ta’sir qilmoqda", deya ta’kidladi davlat rahbari.

Endilikda cheklovlarni olish muddati va tartibi bo‘yicha O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilinishi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

870

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing