Video: Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik harbiylar G‘alaba paradida
Olam
−
24 iyun 2020
14269Bugun, 24 iyun kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab G‘alaba paradi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu paradda tarixda ilk bor o‘zbekistonlik harbiylar chiqish qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarga Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik Shokir Xayirov boshchilik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Moskvadagi G‘alaba paradi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi. Shu sabab parad 24 iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan edi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023