Video: Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik harbiylar G‘alaba paradida

Olam

Bugun, 24 iyun kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab G‘alaba paradi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu paradda tarixda ilk bor o‘zbekistonlik harbiylar chiqish qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarga Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik Shokir Xayirov boshchilik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Moskvadagi G‘alaba paradi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi. Shu sabab parad 24 iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

G'alaba paradi

Baholaganlar

331

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing