Video: Surxondaryoda MIB xodimi kaltaklandi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda erkaklar Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimini kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari voqea Surxondaryo viloyatida bo‘lganligini aytyapti. Videoda MIB xodimi yerda yotgani va ikki erkak uni urayotganini, shuningdek, yana ikki erkak ularni ajratayotganini ko‘rish mumkin. Ammo erkaklardan biri baribir MIB xodimining boshi aralash tanasiga tepgan.

MIB xodimi atrofdagilarning ajratishi yordamida uydan ko‘chaga chiqib olgan.

“Nega sen uyga kirib, shovqin ko‘taryapsanmi? Nega “svet”ni o‘chiryapsan? Qarzimiz borligini ayt, lekin “svet”ni o‘chirma. Bu yerda odamlar yashaydi. Men ham shu sohada ishlaganman”, degan uy egasi MIB xodimiga.

Voqea aynan qayerda va qachon bo‘lgani hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo janjal MIB

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing