To‘ylarni qisqartirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz – Prezident

Jamiyat

image
Ijro organi parlamentdan hayiqib turishi kerak – Shavkat Mirziyoyev north_east

Ijro organi parlamentdan hayiqib turishi kerak – Shavkat Mirziyoyev

Joriy yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ushbu qarorga to‘xtaldi. Prezidentning fikricha, bu boradagi ishlarni davom ettirish kerak. Bunda esa keksalar, nuroniylarning faolligi muhim. 

“Bu qarorlar xalqimizning manfaati uchun xizmat qiladi. Bu birovga o‘zimizni "ko‘z-ko‘z qilish" uchun emas. Madaniyatimizga xizmat qiladi, ma’naviyatimizga xizmat qiladi. To‘ylar bo‘yicha ishlarimizni davom ettirishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.

Davlat rahbari so‘zida davom etib, nuroniylarning hayotdagi faolligini oshirish masalasiga e’tibor qaratdi. Bunda esa asosiy tashabbuskor televideniye bo‘lishi kerakligini qayd etdi. 

“Nuroniylar tomoshabin bo‘ladigan vaqt o‘tib ketdi. Ular hayotimizga nur berib, yoshlarning tarbiyasiga, islohotlarimizga hissa qo‘shishi kerak”.

Prezident bu haqda gapirarkan, o‘z bolaligini xotirladi.

“Yoshligimizda televizorda ikkita narsani ko‘rardik. Birinchisi “Paxtakor”ning o‘yini, ikkinchisi “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi”ni ko‘rardik. Televizori bor uyning eshigi ochiq turardi. Shu kuni suvlar sepib, so‘riga ko‘rpachalar solib qo‘yilardi. Hozir ham ko‘rsak bo‘ladi, xuddi o‘sha zamondagi, lekin hozirgi davrga mos. Necha marta aytdim, “Nuroniy” jamg‘armasiga pul berib, ko‘rsataylik. Lekin natija yo‘q”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Senat Qonunchilik palatasi Oliy Majlis

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing