Ijro organi parlamentdan hayiqib turishi kerak – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
4539Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan deputatlarga ijro organi ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatishi, ular deputatlardan hayiqib turishi kerakligi haqida aytib o‘tdi.
“Joylarda davlat byudjetidan berilgan mablag‘larni noto‘g‘ri foydalanish, talon-toroj qilish, eng katta narsa – korrupsiya holatlari hanuz uchrab turibdi. Xalq vakillari o‘z vakolatlariga asoslanib, ta’sirchan nazorat o‘rnatsa, ularni ham, Qonunchilik palatasini ham obro‘si oshgan bo‘lardi.
Eng muhimi, el-yurt uchun foyda bo‘lardi. Byudjetdan sarflangan har bir so‘m uchun Moliya vazirligi xalq vakillari oldida hisobot berishi barcha idoralar davlat mablag‘ini aniq maqsadlar uchun ishlatishi bo‘yicha parlamentdan hayiqib turishi kerak”, deydi Prezident Mirziyoyev.
Davlat rahbari ushbu so‘zga (hayiqib turishi- tahr.) izoh berdi, hamda yangi deputatlarga ishonishi haqida gapirdi.
“Hayiqib turishi degan jaydari so‘zni o‘zim yozdim. Hayiqib deganda sal sizlarga hurmat oshadi-da. Qancha sizlarning obro‘laringiz baland bo‘lsa, qancha mustaqil bo‘lsangiz, ijro organi qancha hayiqib tursa, menga juda yoqadi. Ana shunday hayiqib turadigan parlament bo‘lasizlar deb ishonaman”, deydi Shavkat Mirziyoyev deputatlarga qarata.
LiveBarchasi