7 balli zilzila va sunami – Kuril orollari tabiiy ofatlar ostida qoldi

Olam

−

image

Shimoliy Kuril mintaqasida magnitudasi 7,3 ball bo‘lgan zilzila ro‘y berdi. Oqibatda hududda sunami xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Janubiy Saxalinsk seysmostansiyasi xabar bermoqda.

Yer silkinishi Petropavlovsk-Kamchatskiydan 500 kilometr uzoqlikda ro‘y bergan. Kamchatkaning to‘rt tumani aholisi 5 balli yer qimirlashini his etgan. Zilzila markazi Onekotan orolidan 228 kilometr sharqda joylashgan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, sunami to‘lqinining Kuril orollariga yaqinlashishi mahalliy vaqt bilan 15:04 (Toshkent vaqti bilan 09:04) kutilmoqda.

Mintaqa aholisidan xotirjamlikni saqlash va baland ovozli aloqa orqali, shuningdek, hokimiyat vakillarining xabarlarini kuzatib borish talab qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing