Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi
Jamiyat
−
13:33 1482 1 daqiqa
Bugun, 1 oktyabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 13:17 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 4,3, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 333 kilometr shimoliy-sharqda, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida joylashgan. Uning koordinatalari 41,39 daraja shimoliy kenglik va 73,2 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan.
Zilzila O‘zbekiston hududining ayrim hududlarida 2 ball kuch bilan sezilgan.
Xususan:
- Xonobod tumanida – 2 ball, 68 km;
- Qo‘rg‘ontepa tumanida – 2 ball, 75 km;
- Paxtaobod tumanida – 2 ball, 80 km;
- Jalaquduq tumanida – 2 ball, 88 km.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 sentyabr kuni Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.