Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 1 oktyabr kuni Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 06:29 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 5, chuqurligi 128 kilometr. Zilzila epitsentri Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida, Toshkentdan 589 km janubiy-g‘arbda joylashgan.

Zilzila koordinatalari: 35,99 daraja shimoliy kenglik, 68,56 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 2 ball, 180 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing