Toshkentda yer qimirladi
Jamiyat
−
09:23 1930 1 daqiqa
Bugun, 28 sentyabr kuni O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 09:03 da yuz bergan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 66 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Zilzila magnitudasi 3,6 ga teng bo‘lgan, chuqurligi esa 15 kilometrni tashkil qilgan.
Zilzila koordinatalari: 40,79 daraja shimoliy kenglik, 69,69 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Olmaliq shahrida 3 ball, 9 km.
- Piskent tumanida 2-3 ball, 23 km.
- Ohangaron tumanida 2 ball, 26 km.
- Nurafshon shahrida 2 ball, 40 km.
- Angren shahrida 2 ball, 41 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezilgan edi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr