O‘zbekiston TIV Britaniyaning YeIdan chiqishi bo‘yicha maxsus axborot berdi
Jamiyat
−
05 fevral 2020
5556O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi munosabati bilan maxsus axborot berdi.
Yevropa Ittifoqining rasman bildirishicha, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi munosabati bilan Ittifoq qonunchiligi hamda uchinchi davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar Buyuk Britaniyaga nisbatan o‘tish davri mobaynida (2020 yilning 1 fevralidan 31 dekabrigacha) avvalgidek kuchda qoladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tish davri yakunlanguncha Buyuk Britaniyani O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida imzolangan barcha xalqaro shartnomalarni, jumladan 1996 yil 21 iyundagi Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bajarish nuqtai nazaridan Yevroittifoqning a’zo davlati sifatida biladi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvardan 1 fevralga o‘tar kechasi, Brexit amalga oshdi. Britaniya rasman YeIni tark etdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson britanlarga “milliy uyg‘onish”ni va’da qildi.
LiveBarchasi