Brexit: Britaniya bayrog‘i tushirildi
Olam
−
01 fevral 2020
9301Yevropa Ittifoqi tarixida yangi, Buyuk Britniyasiz sahifa boshlandi. Rasmiy Bryussel va London ajrimni rasmiylashtirdi. Yevropa parlamenti binosi oldidagi Britaniya bayrog‘i tushirildi. YeIga aloqador boshqa tashkilotlar ham Birlashgan Qirollik davlat ramzini olib tashlay boshlagan.
Tomonlar Brexit shartlari bo‘yicha kelishgan bo‘lsa-da, ikki o‘rtadagi munosabatlar kelajakdagi xarakteri borasida hali mavhumliklar mavjud.
3 fevral kuni YeI va Buyuk Britaniya savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarga o‘z pozitsiyasini takdim etadi.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen YeI Birlashgan Qirollik bilan hamkorlikni eng yaxshi shaklda yo‘lga qo‘yish tarafdori ekanini ta’kidladi, shu bilan birga, aloqalar Ittifoq a’zosi bo‘lgandagidek a’lo darajaga ko‘tarilmasligini qo‘shimcha qildi.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Brexit milliy yangilanish va o‘zgarishlar uchun boshlang‘ich nuqta ekanini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, tomonlar uchun o‘tish davri joriy yilning 31 dekabrigacha belgilangan.
LiveBarchasi