Samarqand ko‘chalarini yalang‘och aylangan erkaklar jazolandi

Jamiyat

image
“O‘zbekistonlik Van Damm” haqiqatan uzr so‘raydigan bo‘ldi north_east

“O‘zbekistonlik Van Damm” haqiqatan uzr so‘raydigan bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida ikki erkak ko‘chada yalang‘och yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat jamoatchilik orasida muhokama va norozilikka sabab bo‘ldi.

Samarqand viloyati IIB holat bo‘yicha ma’lumot berib, Samarqand shahrining Turkiston hamda Amir Temur ko‘chalari kesishmasida yalang‘och yurgan erkaklar shaxsini ma’lum qildi. Ular Jomboy tumanida yashovchi 44 yoshli J.N va 28 yoshli A.T. bo‘lgan.

Voqea qahramonlarini ularning sherigi, Jomboy tumanida yashovchi fuqaro 41 yoshli X.D avtomobilda kuzatib borgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Samarqand shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining bugun, 2 mart kunidagi qaroriga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun, fuqaro J.N.ga 15 sutka, fuqaro O‘.T.ga 15 sutka, fuqaro X.D.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand bezorilik

Baholaganlar

664

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing