Video: Myanmada politsiya namoyishchilarga qarshi o‘q uzmoqda, qurbonlar bor 

Olam

image
0:00
0:00
download

Myanma xavfsizlik kuchlari bugun, 3 mart kuni harbiy boshqaruvga qarshi bo‘lgan namoyishchilarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari bir necha shaharlarda ogohlantirishsiz o‘q uzgan. Buning oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan.

“Ular (harbiylar – tahr.) bizga (namoyishchilarga – tahr.) yaqinlashdi va ko‘zdan yosh oqizadigan gaz qo‘lladi, keyin yana yurish qildi va granatalarni otdi”, deydi markaziy Mingyan shahridagi norozilik namoyishi rahbari Si Tu Maung.

 

Eslatib o‘tamiz, 14 fevralda ham Michina shahrida namoyishchilarga qarata xavfsizlik kuchlari o‘t ochgan edi. Oqibatda BMT ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 18 kishi halok bo‘lgan, 30 nafar namoyishchi jarohat olgan.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 1 fevral kuni Myanmada harbiy to‘ntarish yuz berdi. Mamalakat Prezidenti Vin Min va hukmron partiya rahbari harbiylar tomonidan hibsga olindi. Shundan so‘ng butun hokimiyat Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aun Xlain qo‘liga o‘tdi.

Bundan norozi bo‘lgan tibbiyot va davlat xodimlari 2 fevral kuni qo‘chaga chiqdi. Shundan buyon mamlakatda siyosiy muvozanat izdan chiqib, namoyishlar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

M'yanma

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing