Myanmada inqilobchi xarbiy Prezident bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 2 aprel kuni Myanma parlamenti inqilobchi va harbiy hunta yetakchisi general Min Aun Hlaynni mamlakat Prezidenti etib sayladi. Bu haqda Myanma parlamentiga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Myanmadagi 2021 yilgi davlat to‘ntarishlaridan so‘ng kecha, 2 aprel kuni Davlat Oliy parlamentining yuqori palatasi a’zolari ishtirokida prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan. Saylovda 584 nafar parlament a’zosi ishtirok etgan. Shulardan 429 saylovchining ovozi bilan inqilobiy hunta rahbari hamda Myanma armiyasining sobiq Oliy bosh qo‘mondoni Min Aun Hlayn Myanmaning inqilobdan keyingi Prezidenti etib saylangan. Bu xabar 3 aprel kuni Myanma parlamenti spikeri Aun Lin Dve tomonidan tasdiqlangan.

Yangi Prezident 2021 yilda xarbiylar ko‘magida davlat to‘ntarishi o‘tkazgan va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, Myanmaning ilk ayol davlat rahbari va demokratik islohotchi Aun San Su Chji ma’muriyatiga qarshi davlat to‘ntarishini uyushtirib, uni hibsga olishga buyruq bergan va o‘zini o‘tish davridagi mamlakat armiyasi Oliy bosh qo‘mondoni deb e’lon qilgan. Bu esa xalq tomonidan harbiy rahbariyatga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan. 

Prezidentlik saylovlarini o‘tkazish sanasi parlament tomonidan joriy yilning yanvar oyida muhokama qilingan va shu yilning mart-aprel oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Saylovda Min Aun Hlayndan tashqari yana ikki kishi nomzod qilib ko‘rsatilgan. Ammo kutilganidek xarbiy hunta rahbari 74 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Qolgan ikki ishtirokchi esa vitse-prezident etib tayinlangan. Min Aun Hlayn asos solgan harbiyparast “Birdamlik va ittifoq partiyasi” Myanma parlamentidagi 80 foiz o‘rinni egallab, mamlakatdagi yagona hukmron partiyaga aylangan. Uni qo‘llab-quvvatlagan harbiy elita vakillari va hatto o‘rta tabaqadagi zobitlar ham mamlakat parlamentning bo‘sh bo‘lgan to‘rtdan bir qismini egallab olgan.

Saylovdan bir oy avval inqilobchi general o‘zi avval egallab kelgan bosh qo‘mondonlik lavozimidan voz kechgan. Chunki Myanmaning amaldagi konstitutsiyasiga ko‘ra Prezident bir vaqtning o‘zida oliy xarbiy lavozimni egallashi mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021 yildagi harbiy to‘ntarish ortidan hokimiyatga kelgan Myanma prezidenti vazifasini bajaruvchi Min Shve 74 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

M'yanma Min Aun Hlayn Aun San Su Chji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing