Xitoyda mafiya oilasining 11 a’zosi qatl etildi

Olam

image

Xitoyda Myanma shimolida faoliyat yuritgan jinoiy to‘dalar bilan aloqador 11 nafar shaxs qatl etildi. Ularning orasida onlayn firibgarlik bilan shug‘ullangan guruhlarning asosiy a’zolari ham bor. Bu haqda bugun, 29 yanvar kuni “The Asahi” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur shaxslar 2025 yil sentyabr oyida o‘lim jazosiga hukm qilingan. Qatllar sharqiy Chjetszyan provinsiyasining Venchjou shahridagi sud tomonidan ijro etilgan. Biroq, rasmiylar jinoyatchilarning shaxsi va sodir etgan jinoyatlari tafsilotlarini oshkor qilmagan. BBC mazkur 11 kishi Min mafiya oilasi a’zolari bo‘lganini aniqlagan.

So‘nggi yillarda Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan “firibgarlik markazlari” faoliyatiga barham berish maqsadida mintaqa davlatlari – Tailand, Myanma va Kambodja bilan hamkorlikni kuchaytirgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu choralar natijasida o‘n minglab jinoyatda gumon qilinganlar Xitoyga qaytarilgan.

Xususan, o‘tgan yili Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi Myanmaning janubi-sharqida, Tailand bilan chegaradosh Myavadi shahridan onlayn qimor o‘yinlari va telekommunikatsiya firibgarligida gumon qilingan 7600 nafardan ortiq xitoylik fuqaro vataniga qaytarilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroil uchun josuslik qilgan erkakni qatl etilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy M'yanma jinoiy to'da qatl etildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing