BMT: Myanmadagi namoyishlarda 18 kishi halok bo‘ldi

Olam 1438
image

Myanmadagi xavfsizlik kuchlari olomonni tarqatish uchun kuch ishlatgan namoyishlarda kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BMT ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, namoyishlarda kamida 30 kishi jarohat olgan. 

Shuningdek, Yangon, Tavoye, Mandalaye, Meye, Bago, Pakxouku shaharlaridagi namoyishchilarni tarqatish paytida xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘qlardan foydalanish natijasida odamlar halok bo‘lgani haqida xabar berilgan. 

Xususan, Yangonda bir ayol hayratomuz granatalardan foydalanilgandan so‘ng vafot etgan. Biroq, uning o‘limining aniq sababi noma’lum.

Politsiya 27 fevral kuni bir necha hafta davom etgan tinchliksevar namoyishlardan so‘ng harbiy operatsiyani boshlagan. 1 fevral kuni mamlakatda harbiy to‘ntarish yuz bergan. 

Qurolli kuchlarning Bosh qo‘mondoni Min Aung Xlayn qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarini birlashtirgan va vitse-prezident Mint Shve Prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Harbiylar bir yilga favqulodda holat e’lon qilgan va Myanma Davlat maslahatchisi Aun San Su Chji, Prezident Vin Min va boshqa yuqori lavozimli kishilarni 2020 yil 8 noyabrdagi "saylovlarni soxtalashtirish" ayblovi bilan hibsga olgan.

Davlat maslahatchisiga ikki ayblov qo‘yilgan: noqonuniy eksport qilish va portativ radiostansiyalarni ishlatish hamda favqulodda vaziyatlarni tugatish to‘g‘risidagi qonunni buzish.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 38
Reyting: 2.9
t
×