Video: Qozog‘istonda kuchli portlash bo‘ldi. Aholi evakuatsiya qilinyapti

Olam

Bugun, 24 iyun kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahrida kuchli portlash yuz berdi. Chimkent shahar Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, portlash “KazArsenal” MCHJ hududida sodir bo‘lgan.

Portlash soat 9:20 da harbiy aslahalar saqlanuvchi omborxonada yuz bergan. Voqea joyiga qutqaruvchilar otryadi va maxsus tibbiy xodimlar guruhi yetib borgan. Mahalliy aholi kuchli portlash, olov va tutunni kuzatmoqda. Hatto portlash kuchidan atrofga uchgan bo‘laklar “hushtak chalib” uchib o‘tishi ham eshitilmoqda.

Portlash aholi turar joylariga yaqin joyda sodir bo‘lgani tufayli aholi tezkorlik bilan o‘z transport vositalarida Chimkent shahriga chiqib ketishga harakat qilmoqda. Fojiada jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, Turkiston viloyati hokimiyati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda. Xususan xavfsiz joylarda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar u yerlarga evakuatsiya qilinmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun Arыsi shahrida 43 ming kishi yashaydi.

Bevosita yong‘in sodir bo‘lgan joyda 75 nafar o‘t o‘chiruvchilar va 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston portlash

Baholaganlar

226

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing