Video: Islom Karimovga Umra safarida kim hamrohlik qilgandi?

Jamiyat

image

Karimov fondi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Umra ziyorati aks etgan videoni e’lon qildi.

Ushbu videolavhada Islom Karimovning Makkai Mukarramaga qilgan Umra ziyorati, Ka’bani tavof qilib, Baytullohning ichkarisiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan birgalikda ibodat qilish uchun kirib ketayotganlari tasvirlangan.

“Ushbu Umra safari Islom Karimovning Saudiya Arabistoniga 1992 yilning aprel oyida qilgan davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan.

O‘shanda Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Fahd bin Abdulaziz Islom Karimovga Kisva – Ka’ba yopinchig‘ining bir bo‘lagini hadya qilgan edi. Unga tilla ip bilan “Oli Imron” surasining 97-oyati yozilgan edi. Keyinchalik Islom Karimov ushbu tabarruk hadyani – ka’bapo‘shni Imom Buxoriy majmuasi muzeyiga taqdim etadilar.

Mehr-muruvvat va xayru-saxovat oyi Ramazoni sharif barchamizga muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar”, deyiladi fond xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Umra

Baholaganlar

550

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing