O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6272 nafarga yetdi
Jamiyat
−
21 iyun 2020
909621 iyun 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 56 nafarga ortib, 6272 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahri (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida);
• 10 nafari Samarqand viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida);
• 9 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
• 3 nafari Andijon viloyatida aholi orasida;
• 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Bugun ayni shu soatgacha poytaxtdagi davolash muassasalarida 66 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 87 nafar bemor sog‘ayib, mamlakatda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4377 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1876 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi